Respublikamizda botanika sohasida amalga oshirilayotgan vazifalar, tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy yangiliklarni keng ommaga yetkazish, fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, yosh iqtidorli talabalarni ilm-fanga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Botanika institutida ilmiy xodimlar va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari, Biologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “O‘zbekistonda Botanika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari b.f.d. F.I. Karimov kirish so‘zida O‘zR FA va Botanika institutining tarixi, ilmiy xodimlar salohiyati haqida ma’lumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari
Kichik ilmiy xodim Daminova N.E. Botanika instituti laboratoriyalarining tadqiqot yo‘nalishlari haqida taqdimot qildi.
Geobotanika laboratoriyasi mudiri b.f.d. B.A. Adilov O‘zbekistonda geobotanika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning ko‘lami, zamonaviy metodlarini batafsil yoritib berdi.
Kichik ilmiy xodim B. Nazarovning “Floristik tadqiqotlarda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi
Kichik ilmiy xodim Z.Qosimov “Turlarni bioiqlimiy modellashtirish” mavzusidagi taqdimotida zamonaviy dasturlar haqida gapirdi va talabalar o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarida foydalanishi bo‘yicha tavsiyalar berdi
Tiadbir davomida ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida botanika fani sohalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi
Katta ilmiy xodim O.T.Turginov “O‘zbekiston Milliy gerbariysi” fondi materiallari bilan tanishtirdi
Tashrif davomida talabalar institut laboratoriyalarining faoliyati, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy xodimlarning salohiyati, milliy gerbariy fondi materiallari va ularni raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishishdi.