O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rasmiy B袗YONOTI
- 2020-yil 24-mart kunidan boshlab O始zR F袗 tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarida masofadan turib ish jarayonini tashkil etish yo始lga qo始yiladi hamda muassasa binosi va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun ichki buyruq asosida o始z faoliyatini ish joyida amalga oshiradigan rahbar va xodimlar ro始yxatini tasdiqlanadi;
- mazkur xodimlar shaxsiy himoya (maska) vositalari bilan ta始minlanishi qat’iy nazoratga olinadi;
- F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlariga tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat shaxsiy himoya vositalari (maska) hamda gigiena vositalarini (spirtli antiseptik) qo始llagan holda kiritish majburiy tartibda joriy etiladi;
- bugungi kundagi holatdan kelib chiqib hamda shaxsning sog始lig始i xavfsizligini ta始minlash maqsadida barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari xodimlariga “uydan ish joyiga – ish joyidan to始g始ri uyga” tamoyili asosida o始z ish faoliyatini tashkil etish tavsiya etiladi.