#Rasmiy bayonot
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bugungi davrda ilmiy-tadqiqot muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratmoqda. Bugungi kunda yo‘qori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini keng targ‘ib qilish, ilm-fandagi muhim yangiliklarni keng ommaga yetkazish -davr talabidir. O’zbekiston Respublikasi ilm-fani, ilmiy salohiyati hamda fan va texnika sohasidagi yutuqlarni ommalashtirish va targ‘ib etish maqsadida Fanlar akademiyasi tizimida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Markaz tomonidan “Fan va turmush” jurnali ham yangicha formatda uch tilda chop etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Axborot xizmati.