Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston ovozsiz kinosi jahon kezmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti “Kino va televideniye” bo‘limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori Karimova Nigora G‘aniyevna bilan birgalikda O‘zbekiston ovozsiz kinosi jahon kezmoqda.

2023- yil 9-aprel kuni Parij shahrida Arab dunyosi institutida ikki ovozsiz mumtoz o‘zbek filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur namoyishda O‘zbekistonlik kino ijodkorlarning “Moxov” (1928) va “Burilish: uning huquqi” (1931) nomli ikkita ovozsiz filmlari jonli musiqa jo‘rligida namoyish etildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti “Kino va televideniye” bo‘limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori Karimova Nigora G‘aniyevnaning uzoq yillik mehnatlari va izlanishlari in’ikosidir. Karimova Nigora G‘aniyevna yillar davomida aynan  O‘zbekiston ovozsiz kinosining tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Parijdagi “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi. Ushbu taqdimot ham O‘zbekiston ovozsiz kinosini jahon miqyosida namoyishining navbatdagisidir. Dunyo bo‘ylab taqdimotlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti “Kino va televideniye” bo‘limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori Nigora Karimova, Respublika kinofondi direktori Eljon Abbosov ishtirok etdi. Ular namoyish etilgan filmlarning tarixi, ahamiyati, suratga olish jarayoni haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

Dasturning musiqiy rahbari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Abror Zufarov bo‘ldi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!