Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston mustaqilligining  30 yilligi – tarixiy taraqqiyotning eng yangi davri


Fanlar akademiyasi Tarix institutida Oʼzbekiston mustaqilligining oʼttiz yilligi munosabati bilan “Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligi - tarixiy taraqqiyotning eng yangi davri: natijalar, muammolar va istiqbollar" mavzusidagi umumilliy ilmiy yigʼin oʼtkazildi. Bugungi pandemiya sharoitida masofadan tashkil etilgan umummilliy ilmiy yigʼinda respublikaning yetuk olimlari, jamoat arboblari va yosh tadqiqotchilar qatnashdilar.

Umummilliy yigʼinida mustaqillik yillarida tarix fani muhim oʼzgarishlarni boshidan kechirgani, avvalo, sovet mafkurasidan voz kechilib, milliy istiqlol gʼoyasiga asoslangan yangi metodologik yondoshuvlar yuzaga kelgani, oʼrganilmagan mavzular tadqiqot obʼektiga aylangani, koʼplab tarixiy voqea va xodisalar yangicha talqin etila boshlangani va bu davrni holis oʼrganish vaqti kelganini alohida taʼkidlab oʼtildi. 
Аnjuman ilmiy bahs-munozaralarga boy tarzda oʼtib, maʼruzachilar qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga aniq dalillar asosida javob qaytardilar. Ushbu anjuman Oʼzbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jabhalarida oʼrganilmagan jihatlari koʼp ekani, ijtimoiy fanlar, shu jumladan tarixchilar oldida eng yangi davr tarixini yangicha yondashuvlar asosida oʼrganish va uni keng jamoatchilikka yetkazish boʼyicha muhim ilmiy vazifalar turganini yana bir bor koʼrsatdi. Аyniqsa, tadbirda ishtirok etgan olimlar tomonidan hamkorlikda tadqiqotlar olib borish boʼyicha yakdil fikrlar, takliflar oʼrtaga tashlangani ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga, milliy tariximizni keng koʼlamda oʼrganishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!