Bugun, 15-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston madaniy meros haftaligining rasmiy ochilishi va haftalik doirasida "O'zbekiston madaniyat merosi - yangi Renessans poydevori" IV Xalqaro kongressi yalpi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Kongress video-konferens-aloqa shaklida o’tkazilmoqda va unda 300 dan ortiq xorijiy va mahalliy olimlar, davlat, xalqaro va jamiyat tashkilotlari vakillari ishtirok etishmoqda.
Kongress ochilishiga bag’ishlangan tadbirda rasmiy idora va elchxonalar vakillari, yetakchi olimlar – Ilmiy kengash va O’zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyati kengashi a’zolarining kirish so’zlari tinglandi.
Eslatib o’tamiz, Kongress 18-dekabrga qadar davom etadi. Haftalik davomida tarixiy fotografiyalar kuni, O’zbekistonda madaniyat va san’at mavzularida nashr etilgan kitoblarning ko’rgazma-yarmarkalari, shuningdek, kitoblar mualliflari, fan va madaniyat namoyondalari bilan ijodiy uchrashuvlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.