Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbekiston madaniy merosi va zamonaviy sanʼati” mavzusida konferensiyasi oʼtkazildi


OʼzR FА Sanʼatshunoslik institutida “Oʼzbekiston madaniy merosi va zamonaviy sanʼati” mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi oʼtkazildi. Konferensiyada ustoz sanʼatshunoslar bilan bir qatorda Institutning yosh olimlari va doktorantlari ham faol ishtirok etishdi. Shuningdek, anjumanda Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI, Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Xoreografiya akademiyasi, Oʼzbekiston xalqaro Islom sivilizatsiyasi markazidan tashrif buyurgan ilmiy xodimlar va oʼqituvchilar ham oʼz maʼruzalari qatnashishdi.

 

Konferensiyaing ochilishida Institut direktori Shokir Pidayev soʼzga chiqib, konferensiyaning ahamiyati, Institutning bugungi faoliyati, sanʼatshunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida qisqacha toʼxtaldi. Soʼngra OʼzR FА vitse-prezidenti Bahrom Аbduhalimovning konferensiya ishtirokchilariga yoʼllagan tabrigi oʼqib eshittirildi.

Shundan keyin konferensiya ishi shoʼba majlislarida davom ettirildi. Konferensiyaning “Sanʼat tarixi va meʼmorchilik”, “Tomosha sanʼatlari”, “Tasviriy va amaliy bezak sanʼati”, “Musiqa sanʼati” kabi shoʼʼbalarida 40 dan ortiq maʼruzalar tinglandi.

Konferensiya koʼtarinki ruhda, ishchan kayfiyatda va oʼziga xos master-klass tarzida oʼtdi. Unda eng yaxshi maʼruza qilgan tadqiqotchilar sertifikat bilan taqdirlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!