Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekiston kino san’ati: muhrlangan vaqt” kitob-albomi-bir asrlik kino tarixidan so'zlaydi


Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti “Kino va televideniye” bo‘limi rahbari, taniqli kinoshunos Nigora Karimova muallifligida “O‘zbekiston kino san’ati: muhrlangan vaqt” kitob-albomi nashrdan chiqdi.

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida nashr etilgan ushbu kitob-albomida malakatimizda badiiy kino san’atining shakllanish va rivojlanishining asosiy bosqichlari ilk bor kompleks yondashuvlar asosida ochib berilgan. Tadqiqot XX-XXI asning birinchi choragidagi jadal o‘zgarishlar natijasida hayratlanarli hodisaga, dunyo tasviriy san’atining ajralmas qismiga aylangan o‘zbek vizual san’atining ulkan qatlamini mutanosib va xolisona baholash hamda tahlil qilish maqsadida amalga oshirilgan. Kino mavzusini o‘rganishdagi yangicha yondashuvda texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarning ta’siri hisobga olingan. 

O‘zbek kinosining qariyb bir asrlik tarixi davomida O‘zbekiston kinematografiyasi 1920-yillardagi targ‘ibot plakatlaridan to bugungi multimedia installyatsiyalarigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Shubhasiz, bu nashrni tuzish tamoyiliga ta’sir ko‘rsatdi. Milliy kinoning oq-qora va rangli kadrlarida kino san’ati mazmun-mohiyatining muhim qirrasi-vaqtni muhrlash va saqlash-birinchi o‘ringa olib chiqildi. 

Nashr kino mutaxassislari va milliy kinematografiya tarixiga qiziqqan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. 
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!