Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston-Italiya: ilmiy hamkorlik samarasi


2019-yil 27-may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutida O‘zbekiston-Italiya arxeologik loyihasi tomonidan Institutga taqdim etilgan “Mauritsio Tozi” kutubxonasining ochilishiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Marosimda Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Andrea Bertozzi,  ISMEO prezidenti Adriano Rossi, Samarqand Davlat universiteti rektori R.Xolmurodov, O‘zbekiston-Italiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi direktori (Italiya tomonidan) Bruno Jenito, Konfutsiy instituti rahbari Shaxriyor Safarov, O‘zbekiston-Italiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi direktori (Italiya tomonidan, Bolonya universiteti) - Simone Mantellinilar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘z nutqlarida O‘zbekiston va Italiyaning ilmiy, jumladan, arxeologiya sohasidagi hamkorligi, uning yutuqlari va istiqbollari haqida so‘z yuritishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar kutubxonani yangi adabiyotlar bilan to‘ldirib borishga kelishib olishdi.

  

Mauritsio Tozi (31/05/1944 – 24/02/2017) - Qadimgi Sharq, O‘rta Osiyo tarixi, xususan Uzbekiston tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis bo‘lib, uzoq yillar davomida O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar instituti bilan faol hamkorlikda ishlab kelgan. Mauritsio Tozi boshchiligidagi O‘zbek-Italiya arxeologik ekspeditsiyasi ko‘plab yirik yangiliklar qilishgan. O‘zbekiston-Italiya arxeologik ekspeditsiyasi a’zolari nafaqat arxeologik qazishmalar, balki, Samarqand vohasi yangi yodgorliklarini ro‘yxatga olish bo‘yicha ham ishlar olib borishgan. Professor Tozi Qadimgi Sharq va O‘zbekiston arxeologiyasiga oid ko‘plab ilmiy ishlar, monografiyalar va maqolalar yozgan. Mauritsio Tozi vafotidan so‘ng uning shogirdlari ilmiy faoliyati davomida to‘plagan kitoblarini O'zR FA Arxeologik tadqiqotlar instituti kutubxonasiga taqdim etishdi. Mazkur kitoblar jamlanmasi Institut kutubxonasining ilmiy xazinasini yanada boyitdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!