Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston-Isroil: ilmiy aloqalar rivoji


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda  Isroil Tabiiy va gumanitar fanlar akademiyasi o`rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini o`rnatish maqsadida onlayn suhbat o`tkazildi.

Unda O’zR FA prezidenti Behzod Yuldashev O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faoliyati, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy yo'nalishlari haqida qisqacha to'xtalib o'tdi.

Isroil Fanlar akademiyasi prezidenti Nili Koen ham Isroil Tabiiy va gumanitar fanlar akademiyasi faoliyati to'g'risida ma'lumot berdi.

Isroil Tabiiy va gumanitar fanlar akademiyasi Isroildagi eng yuqori ilmiy muassasadir. U 1961-yilda Quddusda tashkil etilgan bo'lib, u Isroildagi tabiiy va gumanitar fanlar olimlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, ilmiy-texnik masalalarda davlat idoralariga maslahat berish bilan shug'ullangan. Tabiatshunoslik sohasida Akademiya Isroil geologiyasi, florasi va hayvonot dunyosiga oid loyihalarni moliyalashtiradi va isroillik olimlarning Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (CERN)dagi yuqori energiya fizikasi va Yevropaning Sinxrotron radiatsiya markazidagi sinxrotron nurlanish kabi xalqaro loyihalardagi tadqiqotlarida ishtirok etishiga yordam beradi. Akademiya bir qator nufuzli ilmiy mukofotlarga, jumladan, Alon mukofotiga homiylik qiladi.

Isroil tomoni O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan noyob qo'lyozmalarni birgalikda tadqiq etish orqali Markaziy Osiyo tarixini o'rganishda hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qiziqishini alohida ta'kidladi.

Suhbat davomida tomonlar o'zlarini qiziqtirgan tadqiqot yo'nalishlarini muhokama qildilar va bu sohalarda doimiy aloqalarni saqlab turish muhimligini ta'kidladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!