馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston ilm-fani og始ir judolikka uchradi


Taniqli olim, biofizika fanining O始zbekistondagi asoschilaridan biri, akademik Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida vafot etdi.

Bekjon Toshmuhamedov 1935-yil 27-yanvarda Toshkent shahrida tug始ildi. 1958 yili Moskva davlat universiteti va uning aspiranturasida tahsil oldi. 1962-yili nomzodlik, 1971-yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1987-yilda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a始zosi etib saylandi.

Mehnat faoliyatini 1962 yili Toshkent davlat universitetida (hozirgi O始zbekiston Milliy universiteti) kichik ilmiy xodim sifatida boshladi. O始zbekiston Milliy universiteti dotsenti, kafedra mudiri, Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika instituti direktori, Respublika Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, Fanlar akademiyasi Prezidiumi Biologiya fanlari bo始limi raisi, Biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri, O始zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti bosh ilmiy xodimi lavozimlarida samarali xizmat qildi.

B.Toshmuhamedov biofizika, hujayra fiziologiyasi va tabiatni muhofaza qilish bo始yicha yirik tadqiqotchi sifatida tanilgan olim edi. Uning biofizika maktabini dunyoga tanitishda muhim ahamiyatga ega bo始lgan dolzarb mavzulardagi ilmiy maqola va tadqiqotlari, risola va monografiyalari yurtimiz va chet el ilmiy jamoatchiligi o始rtasida e始tibor qozondi.

Olim hujayra membranasiga ta始sir qiluvchi faol moddalarning tadqiqoti bo始yicha O始zbekistonda ilmiy markaz yaratdi. Xalqaro miqyosda keng e始tirof etilgan ushbu markazning biofizika laboratoriyalarida Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, 袗rab mamlakatlari, Pol褜sha va boshqa davlatlardan izlanuvchilar kelib tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.

B.Toshmuhamedov 袗QSh, 袗ngliya, Germaniya, Frantsiya, Shvetsiya, Daniya kabi mamlakatlarning bir necha xalqaro ilmiy markaz va akademiyalarining faxriy a始zosi edi.

Jonkuyar olim ko始plab iste始dodli yoshlarga ustozlik qildi. Uning rahbarligida o始nlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqdi.

袗kademik B.Toshmuhamedovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Beruniy nomidagi O始zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga va “O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor bo始lgan edi.

袗toqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Bekjon Toshmuhamedovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoyev, T.Narbayeva, N.Ismoilov,

袗.袗ripov, B.Yo始ldoshev


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!