馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston hududidan 108 yil oldin terilgan va hozirda yo始qolib ketgan turning gerbariy namunasidan DNK ajratib olindi


O始zR FA Botanika institutining Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasida O始zbekiston florasidagi endem o始simliklarining DNK barkodi va bankini yaratishga oid davlat dasturi asosida ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Laboratoriya xodimlari O始zbekiston hududida uchragan, shuningdek, O始zbekiston Qizil kitobida kamyoblik darajasi “0” sifatida kiritilgan Omonqo始ton tangao始tining (Hedysarum amankutanicum B. Fedtsch.) O始zbekiston Milliy gerbariysida (TASH) saqlanayotgan yagona namunadagi 1913-yilda terilgan gerbariysi bargidan foydalangan holda yadro DNK sini sifatli darajada ajratib olishga muvaffaq bo始lishdi.

Uzoq yillar davomida dala tadqiqotlarida topilmagan, ya始ni yo始qolib ketgan deb taxmin qilinayotgan turni yadro DNK sini ajratib olish va buning uchun yangi metoddan foydalanilganligi diqqatga sazovor. Mazkur yangi metodni nafaqat Hedysarum amankutanicum uchun, balki boshqa yo始qolib ketgan va eski namunadagi gerbariylardan DNK ajratib olish uchun ham foydalanish mumkin. Hozirda ushbu yangi metodga patent olish uchun O始zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligiga tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!