O’zR FA Tarix instituti tomonidan “Oʼzbekiston hududidа tаbiiy fаnlаr yoʼnаlishidаgi ilmiy tаdqiqot vа ekspeditsiyalаr (XIX – XX аsr boshlаri)” nomli monografiya nashr etildi.
Monografiyada Oʼzbekiston hududida tabiiy fanlar yoʼnalishida olib borilgan tadqiqotlar ilk bora mintaqa va jahon ilm-fani kesimida, geologik izlanishlar, geografik, gidrografik tadqiqotlar (Sirdaryo, Аmudaryo, Orol ekspeditsiyalari), astronomik kuzatuvlar, kimyoviy laboratoriyalar tashkil etilishi va tahlillar, flora va fauna (parazitologiya, ornitologiya, zoologiya, entomologiya), kartografiya va topografiya yoʼnalishlaridagi tadqiqotlar, birlamchi manbalar, ilmiy asarlar atroflicha hamda kompleks tarzda tadqiq etilib, yoritib berilgan. Oʼzbekistonning XIX – XX asrlardagi tarixi boʼyicha tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilarga, oliy taʼlim muassasasalari uchun moʼljallangan. Ushbu kitobda ilk bor Oʼzbekistonda XIX – XX asrlarda tabiiy fan yoʼnalishida yaratilgan tadqiqotlar tizimli ravishda oʼrganilgan.