Tarix fanida ilmiy izlanishlar samaradorligi va sifatini oshirishda xorijda saqlanayotgan tarixiy asarlar, hujjatlar va boshqa manbalarni tadqiq etish, xorijiy tillarni bilish muhim sanaladi. Fanlar akademiyasi Tarix institutida Hindistonning O始zbekistondagi elchisi Manish Prabat bilan uchrashuv bo始lib o始tdi.

Uchrashuvda Tarix instituti direktori 袗zamat Ziyo mamlakatimizda ilm-fan, ayniqsa, Institut faoliyatida bo始layotgan o始zgarishlar va berilgan imkoniyatlar, hind va o始zbek madaniyatining mushtarak jihatlari haqida so始z yuritib, O始zbekiston tarixi aks etgan xorijiy manbalarni tadqiq etish, qadimgi manbalar tilini biladigan mutaxassislar tayyorlash bugungi kunda Institut va tarix fani oldida turgan ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta始kidlab o始tdi. Buning uchun ilmga chanqoq yoshlarni sanskrit, hind va urdu tillaridagi manbalar bilan ishlash qobiliyatiga ega mutaxassis etib tayyorlash hamda ilmiy maktab yaratish zarurligi haqida so始z yuritildi.
Hindistonning O始zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabat mamlakatizning Hindiston bilan madaniy va tarixiy aloqalarining juda qadim ekanligini, so始nggi yillarda mamlakatlararo aloqalar yanada kuchayayotganligini ta始kidlab o始tdi. 袗yniqsa, ikki mamlakatning o始xshash jihatlarini ochib beruvchi keng tarixiy tadqiqotlar amalga oshirish muhimligi va bunda elchixona amaliy yordamga tayyor ekanligini bildirdi.