馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston GBIF Xalqaro portaliga a始zo bo始ldi


O始zbekiston - GBIF (Global Biodiversity Information Facility, www.gbif.org) bioxilma-xillik bo始yicha xalqaro portaliga a始zo (associate participant) bo始ldi.

Biologik xilma-xillik obyektlarining GBIF (Global Biodiversity Information Facility, www.gbif.org) xalqaro elektron portali tirik organizmlarning 1387163619 dan kuzatuv nuqtalarini o始ziga jamlagan dunyoda eng yirik ma始lumotlar bazasi hisoblanadi. Respublikadagi biologiya sohasida tadqiqot olib boradigan ilmiy muassasalar, oliy o始quv yurtlarining olimlari bu ulkan ma始lumotlar massividan foydalanish uchun katta ehtiyoj sezmoqdalar. O始z navbatida GBIF O始zbekiston Respublikasini haqiqiy a始zo sifatida qabul qilinishidan manfatdor ekanligini bayon etgan. Mavjud ilmiy muassasalarni ehtiyojini qondirish katta ijobiy ahamiyatga ega bo始lib, bunda:

1. Ushbu portalga O始zbekistonni a始zo bo始lishi ma始lumotlarning mazkur ulkan bazadan foydalanish imkoniyatini ochadi.

2. O始simlik va hayvonot olami obyektlari bo始yicha olib boriladigan barcha ilmiy tadqiqotlarda eng oxirgi ma始lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

3. 袗yni paytda portal O始zbekiston hududidan olingan ma始lumotlar bilan boyitib boriladi va mahalliy ilmiy-tadqiqot muassalalarining jahon faniga integratsiyasini ta始minlaydi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!