Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademiklari NamMTI talabalari bilan uchrashdi


Bugun O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, fizika-matematika fanlari doktorlari Ramizulla Mo'minov va Sirojiddin Zaynobiddinovlar Namangan muhandislik-texnologiya institutida bo'lib, talaba-yoshlar bilan uchrashdilar. Uchrashuvni institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov kirish so'zi bilan ochib, akademik ustozlarning bosib o'tgan umr yo'llari, olib borgan tadqiqotlari to'grisidagi ma'lumotlarni berdi.

Shundan so'ng, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari Ramizulla Mo'minov va Sirojiddin Zaynobiddinovlar birinchi va ikkinchi renessans davri, ilm olamining tarixi to'g'risida to'xtalib, uchinchi renessansni barpo etish bugun yosh avlodning yelkasidagi katta mas'uliyat ekanligini takidladilar.

Bugun mamlakatimizda ilm olish uchun, izlanish va tadqiqotlar olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgani, oliy ta'lim muassalarining ilmiy salohiyati kun sayin ortib borayotgani, buning tag zamirida uchinchi renessansni bunyod etish borasidagi ishlar allaqachon bo'y korsatayotgani to'g'risidagi fikrlar bildirldi. Yakunda talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

  
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!