Avval xabar qilganimizdek, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev ham F袗 bosh ilmiy kotibi G始.袗.Baxadirovlar Qozog始iston Milliy fanlar akademiyasi prezidenti M.Jurinov taklifiga binoan Qozog始istonda safarda bo始lib turibdilar.
Bugun, 1-iyun kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Qozog'iston Milliy fanlar akademiyasininig 75 yillik yubiley sessiyasida ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti K.K.Tokayev qatnashdi va Milliy fanlar akademiyasi jamoasini tabrikladi. Fanning insoniyat taraqqiyotida tutgan o'rni haqida alohida to'xtalib o'tdi.

Tantanali tadbir davomida O'zR F袗 prezidenti B.S.Yuldashevga Qozog'iston Milliy fanlar akademiyasi oltin medali topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan B.S.Yuldashevni mazkur mukofot bilan tabriklaymiz, ularga sihat-salomatlik, ilm-fan ravnaqi yo'lidagi faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!