Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Naim Karimov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” mukofoti bilan taqdirlandi


Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida oʻzbek adabiyoti rivojida oʻzining munosib oʻrniga ega olim, adabiyotshunos Naim Karimovning 90 yilligiga bagʻishlangan tanatanali tadbir va “Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanda Naim Karimov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Anjumanda oʻzbek adabiyoti vakillari, olimlar ishtirok etishdi. Jumladan, Ulugʻbek Hamdamov filologiya fanlari doktori, professor, Ibrohim Gʻafurov Oʻzbekiston Qahramoni, Sirojiddin Sayyid Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, Nizomiddin Mahmudov OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, Minhojiddin Mirzo Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Baxtiyor Hasanov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, Shuhrat Rizayev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, professor soʻzga chiqib, atoqli olimimizning hayoti, ilmiy faoliyatiga oid fikrlarini bildirishdi, dil soʻzlarini izhor etishdi. Olimning bosib oʻtgan hayot yoʻli, ilmdagi sabru-matonati yoshlar koʻz  oʻngida yana bir bor gavdalanib, tarbiya, maʼnaviy saboq sifatida namoyon boʻldi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!