2022-yilning 26-yanvar kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida Isroilning O始zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zexavit Ben Xilel tashrif buyurdi va Institut direktori Davron Dehqonov bilan uchrashuv o始tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar o始simliklar bioxilma-xilligini saqlash, unda zamonaviy sug始orish texnologiyalarini qo始llash hamda FA Botanika instituti va Ierusalim Botanika bog始lari o始rtasida ilm-fan sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari bo始yicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida tez kunlarda tomonlarning urug始 almashinish va ularni yetishtirish, Toshkent Botanika bog始ida Isroil davlati florasi burchagini tashkil etish, o始zaro xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, bioxilma-xillikni saqlash borasida o始zaro tajriba almashinish yo始nalishlarini o始z ichiga olgan Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Uchrashuv ilmiy-amaliy jihatdan sermahsul va do始stona ruhda o始tdi.