Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston – Boshqirdiston ilmiy aloqalari kengayadi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Boshqirdiston Fanlar akademiyasi prezidenti Kamil Ramazanov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zR FA prezidenti Shavkat Ayupov kutib oldi.
Uchrashuvda FA vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev hamda FA ilmiy tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda ikki akademiya o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy almashinuv dasturlari va istiqboldagi loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi, jumladan:

  • ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish;
  • qo‘shma loyiha va grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • yosh olimlar va doktorantlar almashinuvini faollashtirish;
  • laboratoriya va ilmiy infratuzilmalardan o‘zaro foydalanish;
  • ilmiy-texnik rivojlanish bo‘yicha tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi. Bu esa ikki davlat ilmiy markazlari o‘rtasida samarali integratsiyani kuchaytiradi.

Tashrif O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning mustahkamlanishiga, yangi qo‘shma tashabbuslarning shakllanishiga va kelgusida strategik ilmiy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi. Uchrashuv natijalari ikki tomonlama ilm-fanni rivojlantirish hamda mintaqaviy innovatsion hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!