馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston-Belgiya: ilmiy hamkorlik


2021-yil 26-noyabr kuni Belgiyaning Luven katolik universiteti “Istiqbolli antropologiya” amaliy laboratoriyasida bo始lib o始tgan navbatdagi ilmiy seminar O始zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tadqiqotchilariga bag始ishlandi. Unda Institut tayanch doktoranti Zufar Qoryog始diyev “Buxoro lo始lilarining ijtimoiy hayoti va madaniyati ” (Social life and culture of Bukharian lyuli) mavzusida hamda tayanch doktorant Shavkat Bobojonov “Buxoro vohasi ziyorat turizmi obyektlarining tasnifi” (Classification of pilgrimage destinations in Bukhara oasis) mavzusida ingliz tilida ma始ruza qilishdi.

Belgiya, Kuba, Moldova, Xitoy hamda 袗frika mintaqasi davlatlari tadqiqotchilari qatnashgan seminarda O始zbekiston tarixi va madaniyatiga doir, xususan, Buxoro lo始lilarining kelib chiqish tarixi, urf-odat va marosimlari, shuningdek, islom olamida ziyorat an始anasi, Buxoro ziyoratgohlarida bajariladigan odat va marosimlar, ziyoratgohlarning tasnifi va tavsifi, bugungi ziyorat turizmi jarayonlari xususida ma始lumot berildi. Buxoro lo始lilari hayotiga bag始ishlangan hujjatli film hamda Buxoroning ziyorat turizmi salohiyatiga bag始ishlangan ingliz tilidagi videolavha seminar ishtirokchilarida qiziqish uyg始otdi. Ilmiy seminar yakunida ishtirokchilar O始zbekistonning boy madaniyati, asriy qadriyatlari haqida qiziqarli ma始lumotlarga ega bo始lganini ta始kidlab, O始zbekistonga borish va xalqimiz bilan yaqindan tanishish istagida ekanini bildirishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!