Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston arxeologiyasi: xalqaro hamkorlik


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan “Oʼzbekiston arxeologiyasida xalqaro hamkorlik” ilmiy seminari boʼlib oʼtdi.

 

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan boshlab rivojlangan qishloqlar, shaharlar va sivilizatsiya markazlarining boy o‘tmishini arxeologik jihatdan tadqiq etish va tarixiy jarayonlarni tiklash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston hududi tosh davridan boshlab o‘zlashtirilganligi, mamlakatimiz jahondagi ilk shaharsozlik va davlatchilik shakllangan markazlardan biri bo‘lganligi, tariximiz va madaniyatimiz chuqur ildizlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish, yirik arxeologik yodgorliklarda keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish zarurligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi.

Bu esa O`zbekistonda arxeologiya sohasida yangi sahifani ochdi. Endilikda arxeologiya sohasidagi barcha olimlar, malakali mutaxassislar bir joyga jamlandi. Sohaga oid barcha ma`lumotlar tizimli nazoratga olindi. Xalqaro munosabatlar, hamkorliklar mustahkam yo`lga qo`yildi. Buning natijasida arxeologiya sohasi yanada rivojlanmoqda. Bo`lib o`tgan seminarda xalqaro hamkorlik samaralari tahlil qilindi.

Online seminarda ishtirok etgan xorijlik mutaxassislar hamkorlik samarasida olib borilayotgan izlanishlar, tatqiqodlar va yangi topilmalar,  O`zbekiston hududidagi noyob va boy tarixi xususida so`z yuritishdi.

Seminar yakunida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi izlanishlar haqida kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!