Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekiston arxeologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo’lib o‘tdi


 

 

 

Bugun Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston arxeologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimlari bilan birga respublikaning qator ilmiy tekshirish va oliy ta’lim muassasalaridan tadqiqotchilar ishtirok etdi. Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan ushbu ilmiy konferensiyada arxeologiya va tarix sohasining yetuk mutaxassislari t.f.d., prof. Rustam Suleymanov, G‘aybulla Boboyorov, t.f.d. Baxtiyor Babadjanov, Baxtiyor Sayfullayev, t.f.n. Margarita Filanovich, Shuhrat Odilov, Sergey Baratov, Saida Ilyosova, Alfiya Musakayeva, Gulchehra Zununova va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Respublikaning boshqa ilmiy muassasalaridan esa, jumladan, Fanlar akademiyasi, Tarix institutidan t.f.n. Feruza Shomukaramova, Samarqand davlat universitetidan t.f.d., prof. Normahammad Xolmatov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidan t.f.f.d. Sadulla Sayipov, Perfekt universitetidan t.f.f.d. Muhiddinjon Primov, Chirchiq davlat pedagogika universitetidan Feruza Elmurodova va boshqalar ishtirok etdilar.

Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalar tarixning turli davrlarini o‘rganishdagi muammolarni yoritishga qaratilgan. Ma’ruzalarning bir qismi tosh davri arxeologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ilk paleolit davridan to tosh davrining so‘nggi bosqichlarigacha bo‘lgan masalalar o‘z aksini topgan. Unga davr tarixini o‘rganishda yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, fanlararo tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikning o‘rni, eksperimental tadqiqotlar natijalarining ilmiy talqini, neolit davrini o‘rganishdagi muammolar va neolit davri sopol hunarmandchiligi va boshqa mavzulardagi ma’ruzalarni misol qilish mumkin.

Tarixning keyingi davrlari muammolarini qamrab olgan ma’ruzalar ham mavzu va yondashuv jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Ular arxeologiya sohasida tadqiqot usullarini takomillashtirish muammolaridan tortib shahar va ularni joylashuvini aniqlash, toponimlar etimologiyasi, sopol hunarmandchiligi, etnik mansublik masalalari, numizmatika, tasviriy san’atda ayol timsolining san’atshunoslik talqini va boshqa ko‘plab shu kabi dolzarb mavzularni qamrab oldi.

 

 

 

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!