Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston aholisi 16-iyuldan 17-iyulga o'tar kechasi Oy tutilishiga guvoh bo'lishdi


Joriy yilning 16-iyuldan 17-iyulga o’tar kechasi noyob astronomik hodisalardan biri Oy tutilishi ro’y berdi. Ushbu hodisani kuzatish uchun Toshkent  va Nukus shahrida Astronomiya instituti ilmiy xodimlari tomonidan tungi kuzatuvlar tashkil etildi.
Buning uchun Toshkentda O’zR FA Astronomiya instituti hududida maxsus maydonchada Celestron 11 teleskopi o’rnatildi. Nukus shahrida esa kuzatuvlar Yoshlar itfoqining Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy kengashi bosh binosi oldida tashkillashtirildi. Kuzatuv Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti (NDPI) ilmiy-o'quv observatoriyasiga tegishli zamonaviy Meade LX90 teleskopida olib borildi.

 Dastlab osmon jismlaridan Yupiter, Saturn va ularning yo’ldoshlari  va Oy kuzatildi. Kutilganidek 23:42 da Oy yarim soyaga va tungi soat 1 dan 2 daqiqa o’tganda esa soyaga kira boshladi. To’liq tutilish 02:31 larda sodir bo’ldi va Oyning taxminan 66 %i qismi yopildi. So’ng asta-sekin soyadan chiqa boshla

di.  

Ushbu hodisani kuzatish uchun 50 ga yaqin odamlar tashrif buyurdi. Tutilish paytida odamlarda turli xil savollar paydo bo’la boshladi. Jumladan, Oy tutilishining sababi nima, nima uchun Oy tutilishi paytida Oy qora rangga emas balki, qizg’ish tusga kiradi, nima uchun Oyning yarmi soyaga kirdi to’liq emas, kabi Oy tutilishiga oid qiziqarli savollar, va bundan tashqari, Quyosh tutilishi va boshqa astronomiya sohasiga oid ko’plab savollar bilan murojaat qilishdi. Ushbu savollarga O’zR FA Astronomiya instituti xodimlari batafsil va atroflicha javob berdilar. Bundan ko’rinadiki, odamlar nafaqat Oy tutilishi hodisasiga balki astronomiya sohasiga, osmon jismlari va hodisalariga befarq emas va ularni har doim qiziqtirib kelgan.

Bundan tashqari, tashrif buyurgan havaskor astronomlarga Oy sirtiga inson qadami yetganiga 50 yil to’layotgani, 20-iyul kuni ushbu sana butun jahonda katta bayram sifatida nishonlanishi haqida axborot berildi.

Kuzatuvga tashrif buyurgan odamlar kuzatuvdan zavq olishdi va ushbu hodisani kuzatish uchun ajratgan vaqtlari unumli va mazmunli o’tdi deb o’ylaymiz. Zero buni ularning so’zlaridan va bildirgan munosabatlaridan bilib olish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!