馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbek-xitoy piyozlar bog始i 2021-yil mavsumining ochilishi


Joriy yil 3may kuni Toshkent Botanika bog始ida O始zbek-Xitoy piyozlar bog始i Toshkent markazining 2021-yil mavsumi ochilishiga bag始ishlangan tadbir bo始lib o始tdi. Tadbirda Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming Botanika instituti ilmiy xodimi Z.Yusupov, Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo始yicha prorektori K.Sultonov, O始zR FA Botanika insituti direktori D. Dehqonov, akademik K.Sh.Tojibayev va Botanika instituti hamda Botanika bog始i ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.

 

Eslatib o始tamiz, O始zR F袗 Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog始ida O始zbek-Xitoy piyozlar bog始i Toshkent markazi (Global Allium Garden Tashkent center) 2018-yilda tashkil etilgan. Piyozlar bog始i O始zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti bosh ilmiy xodimi akademik K.Sh.Tojibayev va Xitoy Fanlar akademiyasi Kunmin botanika bog始i va Botanika instituti ilmiy xodimlarining tashabbusi bilan barpo qilingan. Dastlab yaratilgan piyozlar bog始ining umumiy maydoni 0,5 ga ni tashkil qilgan bo始lib, kolleksiyada nafaqat O始zbekiston florasining Piyozlar turkumiga mansub o始simliklar, balki floramizning geofit o始simliklari – lolalar, gulsafsarlar va shirachlar ham o始rin olgan. O始zbek-Xitoy piyozlar bog始i har ikki davlat ilmiy hamkorligining yangi marralarga olib chiqishda dastlabki loyihalardan biri bo始lib xizmat qilmoqda.

O始zbekiston florasida piyozlarning 130 ortiq turlari mavjud bo始lib, ular orasida manzarali, dorivor, noyob va endem turlar o始ziga xosligi bilan ajralib turadi. 袗yni paytda Piyozlar bog始ida Markaziy Osiyo, Xitoy, Eron, Kavkaz va O始rta Yer dengizi florasiga mansub 100 dan ortiq turlar parvarish qilinmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!