Markaziy Osiyo xalqlari o始zining boy tarixi va madaniyati bilan insoniyat tamaddniga katta hissa qo始shgan. Mustaqillik yillarida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy merosni o始rganish va targ始ib etishga alohida e始tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil 26-fevral kuni O始zR F袗 Temiriylar tarixi davlat muzeyida FA Tarix instituti hamda Oliy va o始rta maxsus ta始lim vazirligi hamkorligida “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o始tkazildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan olimlar va yosh tadqiqotchilar, FA ijtimoiy fanlar yo始nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

袗njuman doirasida O始zbekistonda tarix fanining dolzarb muammolari, arxeologiya, san始at, madaniyat, adabiyot tarixi, muzeyshunoslik va arxivshunoslik bo始yicha ma始ruzalar tinglandi a muhokama qilindi.
袗njuman yakunida o始zbek xalqining tarixiy merosi va uni o始rganishning dolzarb muammolari, istiqboldagi ilmiy yo始nalishlar belgilab olindi.
