Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy anjumani o’tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusidagi an’anviy respublika ilmiy anjumani o’tkazildi. Unda respublikamizning turli hudularidan yetakchi soha mutaxassislari, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanni FA ‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professor N.Mahmudov ochib berdi va mazkur anjumanning ilmiy ahamiyati haqida gapirdi.

Anjumanda davlat tilini joriy  etish tizimining yurislingvistik masalalari, badiiy matnda okkazional nomlarning o’rni, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarini kasbiy  tayyorlashda ta'lim samaradorligini oshirish usullari, badiiy matnlarni lingvopoetik tahlil qilish, rusiyzabon talabalarning nutqiy madaniyat malakalarini oshirish usullari kabi bir-biridan qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi va muhokama qilindi. Anjuman ishida taqdim etilgan ma’ruzalar bo’yicha o’zaro fikr almashildi.

  

  

Anjuman ishiga taqdim etilgan materiallar to’plam sifatida nashr etiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!