馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbek tilshunos olimi jahon e始tirofida


Ma始lumki, har bir millat faxrlanishi kerak bo始lgan eng oliy qadriyat bu ularning ona tilidir, chunki har bir til insoniyat olamining nomoddiy va ma始naviy merosini asrashning eng kuchli quroli hisoblanadi. U bilan inson olamni idrok qiladi va uning sir-sinoatlar tilsimini ochadi. Shunday ekan, tilsimlar kaliti hisoblamish millatlarning “Ona tili” jahon xalqlari tomonidan har yili 21-fevral sanasida “Xalqaro ona tili kuni” bayram sifatida nishonlanadi, bu bayram munosabati bilan har bir til egasining o始z Vatani va o始z tiliga bo始lgan muhabbati, unga bo始lgan ehtiromi, qadrlash tuyg始ulari yangilanib boraveradi.

Barchamizga ayonki, mazkur sana YuNESKO tomonidan turli tillar va dunyo xalqlari madaniyatini muhafaza qilish maqsadida 2000-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda. Bu sana 1952-yilning 21-fevral kuni bo始lib o始tgan voqea – Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o始z ona tili – bengal tilini davlat tili darajasiga ko始tarish va uni himoya qilish maqsadida shahar ko始chalariga chiqqan talabalarning politsiya hodimlari tomonidan o始qqa tutilishi bilan bog始liq” ekanligi manbalardan ma始lum.

Bangladesh davlatidagi YuNESKOning Xalqaro ona tili instituti tomonidan “Ona tili”ni asrash, butun dunyodagi til va madaniy an始analar bilan yanada to始liqroq tanishish va ularni saqlash, bag始rikenglik va muloqotga asoslangan birdamlikni mustahkamlash maqsadida Xalqaro ona tili kuniga mukofot joriy etilgan bo始lib, ushbu mukofot butun dunyoda xalqlar o始z ona tilini himoya qilish va targ始ib qilish, amaliyoti va tadqiqotlari bilan bog始liq ulkan hissasi uchun tilshunoslarga berilib kelinmoqda. Ushbu mukofot har yili 21-fevralda Xalqaro ona tili kunida Bangladeshning poytaxti Dakka shahridagi Xalqaro ona tili institutida ushbu mukofot bilan taqdirlash marosimi bo始lib o始tadi.

Ushbu taqdirlash an始anasining davomi sifatida 2020-yil iyul oyida YuNESKOning Bangladeshdagi Xalqaro ona tili instituti 2021-yil uchun “Xalqaro ona tili mukofoti” tanlovini e始lon qildi. Ushbu mukofotning “Ona tilining xalqaro miqyosdagi tadqiqi” yo始nalishiga ariza topshirgan dunyo tilshunos olimlari orasidan 2 nafar tilshunos olim - Janubiy 袗merikadagi Boliviya davlatidan hamda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yosh tilshunos olimi, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim G始ulom Mirzayevich Ismoilov loyiq deb topildi.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan G始ulom Ismoilovni ushbu mukofot bilan qutlaymiz! O始zbek tilshunosligi dong始ini dunyoga taratish yo始lidagi ilmiy izlanishlarida yanada yuksak cho始qqilarni zabt etishiga, muvaffaqiyatlar bardavom bo始lishiga tilakdoshmiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!