Bugun, 5-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o始zbek tilini rivojlantirish bo始yicha Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan brifing o’tkazildi.

Unda O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni, 2020-yil 19-oktyabrdagi PQ-4865-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qarorlarida o始zbek tilini yanada rivojlantirish, uning nufuzini oshirish bo始yicha Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga yuklatilgan vazifalar ijrosi to’g’risida ma’lumot berildi.
“O始zbek tili sinonimlarining katta izohli lug始ati”ni yaratish va nashr etish bo始yicha Fanlar akademiyasi Ishchi guruhi tuzildi. Hozirgi kunda mavjud bo始lgan lug始atlarni o始rganib, tahrirlab hamda badiiy asarlardan sinonimlarni va unga oid misollarni izlash davom etmoqda.
“O始zbek tilining izohli lug始ati”ning lotin yozuviga asoslangan o始zbek alifbosidagi to始ldirilan yangi nashri mazkur lug始atning lotin yozuviga asoslangan o始zbek alifbosidagi dastlabki nashri hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar lug始atni tayyorlash yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Lug始at yangi imlo qoidalariga muvofiqlashtirildi.
2.Lug始at uchun yangi lisoniy materiallar zaxirasi yaratildi va u filologiya fanlari doktori, professor N.Mahmudov rahbarligidagi tahrir hay始ati a始zolari tomonidan saralandi.
3. Tavsiya qilingan besh mingdan ortiq lug始aviy birlik izohlanib, lug始at tarkibiga kiritildi, shuningdek, lug始at zamonaviy nashrlardan olingan ko始plab illyustrativ misollar bilan ham boyitildi.
4. Lug始atning 1670 betdan iborat 1-jildi nashrga tayyorlandi.
5. Hozirgi vaqtda lug始atning 2-jildi tahrir qilinib nashrga tayyorlanmoqda. Lug始at tuzuvchilari tomonidan 3-5-jildlarga kiritilgan yangi lug始aviy birliklarni izohlash ishlari davom ettirilmoqda.
O始zbekiston Respublikasi 袗xborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan nashrga tayyorlangan “Sun始iy intellektga oid atamalarning o始zbekcha-ruscha izohli lug始ati” Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilshunos olimlari tomonidan tahrir qilinib, tegishli tavsiyalar UNICON.UZ tashkilotiga taqdim etildi va lug始at qayta ko始rib chiqilmoqda.
“O始zbek tilining o始quv imlo lug始ati” hamda “O始zbek tilining katta imlo lug始ati” nashrga tayyorlandi.
Hozirgi kunda “O始zbek tili sinonimlari lug始ati” bo始yicha mavjud bo始lgan lug始atlar o始rganilib, tahrirlanmoqda hamda badiiy asarlardan sinonimlarni va unga oid misollarni izlash davom etmoqda.
袗xborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan “袗xborot texnologiyalari atamalarining izohli lug始ati” Institut olimlari tomonidan tahrir qilindi. Hozirgi kunda mazkur lug始at nashr qilinish arafasida.
“Tarix atamalarining izohli lug始ati” Tarix instituti bilan hamkorlikda, “Yuridik atamalarning izohli lug始ati” esa Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Har ikkala lug始at bo始yicha atamalar yig始ilib, ularning izohi yozilmoqda. Mazkur lug始atlarni yil yakunigacha nashrga tayyorlash rejalashtirilgan.
To始rt jildli “袗lisher Navoiy entsiklopediyasi”ning 1-jildi tahrir ishlari yakunlanib, nashr etish uchun topshirildi. Qolgan jildlari ham tahrir qilinmoqda. Shu barobarida ba始zi maqolalar bilan to始ldirilmoqda. Entsiklopediyaning 2-jildini tahrir qilish va nashrga topshirish ishlari davom etmoqda.
“袗lisher Navoiy asarlarining izohli lug始ati” nomli mavjud lug始atlar ko始rib chiqilib, 1-jildi nashr etildi, 2-jildi esa nashriyotga topshirildi. Keyingi jildlarini to始ldirib, mukammallashtirilmoqda. Hozirgi kunda “袗lisher Navoiy asarlarining izohli lug始ati” III jildi nashr uchun tayyorlanib, tahrir ishlari davom ettirilmoqda.
Shuni ham alohida ta始kidlash lozimki, hozirgi kunda Institut olimlari tomonidan “袗ntropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug始ati”ni tuzish va nashr qilish”, ya始ni uning veb-sayti va mobil ilovasini yaratish innovatsion loyihasi ham bajarilmoqda.
Yukoridagi ishlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda milliy tilimizga berilayotgan e始tibor, uni rivojlantirish, mavkeini ko始tarish yo始lida qilinayotgan harakatlarga yaqqol misol bo始ladi.