Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti ilmiy xodimi Ruzmat Safarov tomonidan kompaniyalar faoliyati rivoji uchun noyob sunʼiy intellekt chat-boti ishlab chiqildi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi yurtimizdagi korxona va tashkilotlarning chatlarida mijozlar soʻrovlarini qayta ishlash, biznes jarayonini avtomatlashtirish, xodimlarning ishlash samaradorligini oshirish va resurs xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, korxona mijozlariga xizmat koʻrsatishni yaxshilashdan iborat. Ushbu loyihani Davlat test markazi, vazirliklar, tibbiyot muassasalari, mobil aloqa kompaniyalari, internet doʻkonlar tizimida qoʻllash mumkin. Hozirda loyiha test rejimida oʻz ishini boshlagan(GPTuz-SmartBot).