Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbek tilida Аvestizmlar” nomli monografiya nashr etildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Maʼmun akademiyasi tomonidan “Oʼzbek tilida Аvestizmlar” nomli monografiya nashr etildi. Monografiyada oʼzbek tili lugʼat qatlamida saqlanib qolgan “Аvesto”ga oid soʼzlar, komponentlar, ularning oʼziga xos maʼnolari, xususiyatlari, fonetik shakli, tarqalish areali, genezisi aniqlangan.

Mazkur monografiya oʼzbek tili tarixi, qadimgi turkiy til, etnografiya, manbashunoslik, tarix kabi sohalarda qoʼllanadi.

Tadqiqotning oʼziga xos xususiyati, unda maʼlum bir avestoviy soʼzning eng qadimiy tillar bilan qiyoslangan tarixiy shakllari, eng qadimgi yozuvlardagi imlosi keltirilgan. Аyrim komponent holida saqlanib qoʼlgan soʼzlarning tarixiy shakllari tiklangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!