Bugun Fanlar akademiyasi San'atshunoslik institutida e “O‘zbek san’atida an’analar davomiyligi” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada san’atshunoslikning muhim aspektlari bilan bir qatorda, о‘zining kо‘p yillik tajribalari, ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilik va olimlik faoliyati bilan soha rivojiga katta hissa qо‘shgan yirik
san’atshunos olimlarning ilmiy meroslarini о‘rganishga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Ma’ruza va muhokomalarda san’atshunoslikning barcha turlari va yо‘nalishlari qamrab olindi.
Muhokamalarda soha mutaxassislari, olimlarimiz, doktorantlar, ishtirok etdilar. Ayniqsa, yosh tadqiqotchilar о‘zlarining ilmiy izlanishlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bо‘ldilar. Anjuman kunning ikkinchi yarmida yosh san'atshunos olimlarning ilmiy izlanishlariga bag'ishlangan taqdimotlar bilan davom etadi.