Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʻzbek olimlaridan virusga qarshi yangi preparat


Gripp va oʻtkir respiratorli virus infeksiyalar — mavsumiy xatar. Ammo unga qarshi ilmiy asoslangan yechimlar bor.

Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan viruslarga qarshi faollikka ega, interferon induktori hisoblangan “ЦелАгрип” preparati yaratildi.

Mazkur preparat immunitetni faollashtiradi, viruslarga qarshi tabiiy himoyani kuchaytiradi.

Preparat virusga toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki organizmning oʻz immun javobini kuchaytirish orqali taʼsir koʻrsatadi. U interferonlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirib, organizmni viruslarga qarshi “tayyor holatga” keltiradi.

Mazkur dori vositasining barcha normativ-texnik hujjatlari loyihalari tayyorlangan.

Ilm-fan yutuqlari asosida yaratilgan mahalliy “ЦелАгрип” — salomatlikni himoya qilish yoʻlidagi ishonchli qadam.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!