馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O鈥榸bek olimlari birinchi eronshunoslik xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi


Eronning Tehron va Sheroz shaharlarida Eron Islom Respublikasi Madaniyat va islomiy aloqalar tashkiloti va Eronshunoslik fondi tomonidan dunyoning 22 ta mamlakatidan kelgan 50 nafar olim, tadqiqotchi va mutaxassis ishtirokida "Eronshunoslik: hozirgi Eron tadqiqotlari, madaniy diplomatiya va xalqaro hamkorlik" mavzusidagi Birinchi xalqaro eronshunoslik konferensiyasi bo始lib o始tdi.

 Mazkur xalqaro ilmiy tadbirda Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Serbiya, Xitoy, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Iroq, Ummon, Qatar, Tunis, Rossiya, 袗rmaniston, Gruziya, Qozog始iston, Qirg始iziston va Tojikiston mamlakatlari qatorida O‘zbekistondan borgan olimlar ham ishtirok etishdi.

 

 

 

“Eronshunoslik: tanqidiy baholash, muammolar va yondashuvlar”, “Eronshunoslik va hozirgi Eron to‘g‘risidagi tadqiqotlar”, “Eronshunoslik: madaniy diplomatiya va xalqaro hamkorlik”, “Eronshunoslik va yangi texnologiyalar”, “Eronshunoslik va turizm” hamda “Eronshunoslik: Hofiz Eron dunyosi namoyandasi” kabi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tgan ushbu xalqaro konferensiya doirasida Tehron universiteti, Tehrondagi Shahid Behishtiy, 袗lloma Tabotaboiy hamda Fan va madaniyat universitetlari, shuningdek Sheroz universitetida turizm, fors tili, texnologiyalar, Eron ma始naviy merosi va sivilizatsiyasi mavzulariga bag‘ishlangan maxsus sessiyalar o‘tkazildi. Konferentsiyaning yopilish marosimi Sheroz shahrida bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyadan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biri dunyodagi turli mamlakatlar eronshunoslari o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatish va Xalqaro eronshunoslar assambleyasining doimiy kotibiyatini tuzish masalalarini muhokama qilishdan iborat. Konferentsiyada o‘qiladigan 100 ta ma始ruza matni alohida kitob holida nashr qilinishi rejalashtirilgan.

 

Konferentsiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori, senator 袗zamat Ziyo qutlov so‘zi bilan chiqib, forscha manbalarning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganishdagi ahamiyati, Eron tamaddunining kishilik tarixidagi o‘rni, o‘zbek-eron olimlari ilmiy hamkorligini rivojlantirish masalalariga urg‘u berdi. Bundan tashqari, akademik 袗zamat Ziyo konferensiyaning birinchi kuni bo‘lib o‘tgan “Eron – globalizatsiya jarayonidagi bir dunyo” mavzusidagi maxsus sessiyada “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganishda fors yozma manbalarining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy ma始ruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, sharqshunos, tasavvufshunos va manbashunos olim, mohir tarjimon va jamoatchilik faoli, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimov ham ushbu konferensiyada “Movarounnahr xattotlik maktabi va uning ayrim vakillari” mavzusida chiqish qilib, yurtimiz xattotligi tarixi va uning mashhur namoyandalari ijodi to‘g‘risidagi ma始lumotlarni xorijiy mutaxassislar e始tiboriga havola etdi. Shuningdek, o‘zbek sharqshunosi eronlik hamkasblariga O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda keng ilmiy hamkorlik qilish, jumladan Eronda saqlanayotgan yurtimiz tarixiga oid ko‘plab manbalardan foydalanishda ko‘maklashishni taklif etdi.

Konferensiya ishtirokchilari, shuningdek, Eronga tashrif davomida bu mamlakatning tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylarini ham borib ko‘rdilar. Jumladan, ular Tehron shahrida Qojorlar sulolasi (1789–1925) hukmronligi zamonida shoh saroyi vazifasini o‘tagan Guliston saroyi (XVIII–XIX a.) va Tehron zamonaviy san始at muzeyini tomosha qilishdi hamda Eron kitobat san始ati instituti faoliyati bilan tanishishdi.

Qadimiy Sheroz shahrida esa mehmonlarni Eronning qadimiy va o始rta asrlar tarixiga katta ekskursiya kutib turardi. Bu yerda ular 袗hmoniylar imperiyasi poytaxtlaridan biri bo始lgan Taxti Jamshid (er. av. VI a.) shahri xarobalarini, fors klassik adabiyotining zabardast namoyandalari Sa始diy Sheroziy (1203–1292) va Hofiz Sheroziy (1325–1388) maqbaralarini, shuningdek Qojorlar sulolasi (XVIII–XX a.) hukmronligi davriga oid Nasirulmulk saroyi va Nasirulmulk jome masjidini borib ko‘rdilar.

O‘zbek olimlarining Erondagi ushbu nufuzli ilmiy anjumanda faol ishtirok etishlari nafaqat xorijlik mutaxassislarni vatanimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatini beradi, balki bu sohada xalqaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!