Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘ZBEK OLIMI MONOGRAFIYASI NUFUZLI “SPRINGER” NASHRIYOTIDA CHOP ETILDI


 

 

 

 

 

Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti Bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori O'tkirjon Bahodirovich Sharopovni “Surface Defects in Wide-Bandgap LiF, SiO2, and ZnO Crystals” nomlangan monografiyasi nufuzli “Springer” nashriyot kompaniyasida chop etildi. Muallifni shunday nufuzli nashriyotda monografiya chop etgani hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy nufuzini oshirishga o‘z hissasini qo‘shgani bilan chin qalbdan tabriklaymiz. O'tkirjon Sharopovning ushbu ilmiy monografiyasi dolzarb ilmiy mavzu – muhim hisoblangan LiF, kremniy hamda zink oksid kristallarini elektron hamda ionlar bilan nurlantirilganda ushbu kristallar yuzasida defect hamda klasterlar hosil bo‘lishi qonuniyatlarini tadqiq qilish va ochib berishga bag‘ishlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil natijalari bo‘yicha “Springer-Nature” nashriyot kompaniyasining nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar hamda u yerda chop etilgan maqolalardan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti mamlakatimizning 205ta ilmiy tashkilot va universitetlari orasida kuchli o‘ntalikka kirib, yaqinda nufuzli “Springer-Nature” Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi.Barcha yutuqlar bardavom bo‘lsin!

 


https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-031-58850-1


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!