Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbek olimasi ishtirok etgan xalqaro trening


 

  

 

 

Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tashabussi bilan “Bir makon, bir yo‘l mintaqasida hasharotlar xilma-xilligini baholash va monitoring tizimining asosiy texnologiyalari” mavzusida xalqaro trening kurs bo‘lib o‘tdi. Mazkur kursda O‘zbekistondan vakil sifatida Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasi mudiri, b.f.d. professor Mirzaeva Gulnora Saidorifovna ilmiy faoliyatida erishilgan yutuqlari asosida tanlovdan o‘tib, ishtirok etdi hamda sohaga oid o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytdi.

  Xalqaro trening kurs Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Xitoy entomologlar jamiyati, Sangjou Pedagogiga Universiteti, Xebey Qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi va Xitoy Fanlar akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan moliyalashtirildi.

 Mazkur o‘quv kursida xalqaro tinglovchilarning bilim va malakalarini oshirish uchun Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, hamda Xitoy Xalq Respublikasi universitetlari va ilmiy tadqiqot muassasalaridan jami 47 ta taniqli akademik, professor va pedogog o‘qituvchilar jamoasi jalb qilindi. 

 O‘quv kursi Xitoy Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutida, (Pekin); Sangjou pedagogika universitetida (Sangjou, Xebey) hamda Xebey Agrar universitetida  (Baoding, Xebey) nazariy ma’ruza mashg‘ulotlari,  dasturlar bilan ishlash yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlari va ochiq maydonda amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida olib borildi.

  Mazkur o‘quv kursida hasharotlar xilma-xilligi buyicha, jumladan, Morfologik xilma-xillik (Miqdoriy morfologiya, Funksional morfologiya, Sun’iy intellekt), Genetik xilma-xillik (Shtrix-kod, Metagenomika, Genomika), Turlarning xilma-xilligi (Xilma-xillikni monitoring qilish, hasharot namunalarini yig‘ish, Taksonomiya) kabi mavzularda nazariy, ilmiy va amaliy ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!