O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida “O'zbek mumtoz adabiyotini o'rganishning nazariy va manbaviy asoslari” mavzuda II Respublika ilmiy -amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda Muzey xodimlari, taniqli adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani Muzey direktori J. Eshonqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferentsiya ishi “Adabiy manbalarni o’rganish va matn masalalari”, "Adabiy matn tahlili va talqini masalalari”, "Mumtoz adabiyot namunalarni ta'lim tizimda o’rganish” sho’balarida olib borildi.