Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbek folklorshunosligi” nomli kitobi nashr etildi


Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʼlim boshligʼi, professor M.Joʼrayevning “Oʼzbek folklorshunosligi” nomli kitobi nashr etildi.

Oʼzbek xalqi asrlar boʼyi yaratilib, sayqallanib kelgan gʼoyat benazir folklor merosiga ega. Аna shu bebaho durdonalarini yozib olish, nashr etish va ilmiy tadqiq etish igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ishdir. Xalq ijodiyotini ilmiy oʼrganish borasida samarali mehnat qilgan zahmatkash olimlar va fidoyi folklor toʼplovchilarning faoliyati haqida keng koʼlamli maʼlumot beruvchi ushbu ilmiy-biobibliografik tadqiqot oʼzbek folьklorshunosligi fanining oʼziga xos koʼzgusidir.

Tadqiqotda oʼtgan asrning 20-yillaridan boshlab 2020-yilga qadar oʼzbek folklorshunosligi sohasida chop etilgan asarlar tahlilga tortilgan. Bu kitobni oʼqish jarayonida oʼzbek folklorshunosligining shakllanishi hamda turli davrlardagi tarixiy taraqqiyotiga doir qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

Oʼylaymizki, ushbu biobibliografik maʼlumotnoma oʼzbek folьklorshunosligining fan sifatidagi shakllanish jarayoni va tadrijiy rivoji bosqichlari haqidagi bilimingizni boyitishga xizmat qiladi.

Kitob folklorshunoslar, etnograflar, filolog-talabalar hamda xalqimizning milliy qadriyatlari bilan qiziquvchi kitobxonlarga moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!