馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbek astronom olimi Islom dunyosi fanlar akademiyasi a始zosi bo始ldi


O始zR F袗 Astronomiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Butunjahon fanlar akademiyasining akademigi (The World Academy of Sciences, TWAS) Bobomurat Ahmedov Islom dunyosi fanlar akademiyasining (Islamic World Academy of Sciences, IAS) a始zosi etib saylandi.

Iordaniyaning Ummon shahrida joylashgan IAS akademiyasi 1986-yilda Islom dunyosi mamlakatlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun fan va texnologiyalarni targ始ib qilish maqsadida tashkil etilgan. IAS akademiyasi, shuningdek, Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) Ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo始yicha doimiy qo始mitasi (COMSTECH) hisoblanadi. Uning a始zosi bo始lish olimning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishini anglatadi.

2020-yilning 1-dekabr kuni Iordaniyaning Ummon shahrida Islom dunyosi fanlar akademiyasining Bosh assambleyasining 22-yalpi yig始ilishi bo始lib o始tdi, unda yangi a始zolar, shu qatorda o始zbekistonlik olim – B.J. Axmedov ham saylandi.

Professor B.J. Axmedov O始zR F袗 Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U asosan umumiy nisbiylik nazariyasi, gravitatsiya nazariyasi, relyativistik astrofizika va kompakt gravitatsion obyektlar fizikasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. U maydon nazariyasi, gravitatsion o始zaro ta始sir nazariyasi, relyativistik va yadro astrofizikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va pedagogik tajribaga ega. U shu sohalarda 200 dan ortiq ilmiy nashrlarning muallifi hamda xalqaro Scopus va Google scholar ma始lumotlar bazasida Xirsh indeksi mos holda 27 va 32 ga teng bo始lgan mamlakatda ilmiy ishlariga eng ko始p havola qilingan mualliflardan biridir.

Axmedov B. J. O始zbekistonda 2017-yil uchun eng ko始p havola qilingan muallif sifatida mukofot bilan taqdirlandi («Highly Cited Author», Web of Science), 2018-yil uchun "Yil olimi - 2018" («Researcher of theYear», Scopus) mukofotlariga sazovor bo始ldi. 2012 yilda"Mehnat Shuxrati" ordeni bilan taqdirlangan. U Dehli Markaziy Universitetining faxriy professori, Xalqaro nazariy fizika markazining (Italiya) relyativistik astrofizika va gravitatsiya fan yo始nalishlari bo始yicha a始zosi va mintaqaviy koordinatori, Hindistondagi Astronomiya va Astrofizika Universitetlararo Markazi va Tata fundamental tadqiqotlar institutining a始zosi. Shu bilan bir qatorda Axmedov B.J. CNR, DAAD, TWAS, ICTP, Volkswagen, Erasmus+, KFUPM, PIFI, NATO kabi xalqaro grantlar rahbari, o始ttizdan ortiq xorijiy jurnalining taqrizchisi, Germaniyadagi Springer nashriyot uyining "Arabian Journal of Mathematics" ilmiy jurnali muharriri, O始zbekiston fizika jurnalining bosh muharriridir.

B.J. Axmedov O始zbekistonda relyativistik astrofizika bo始yicha yangi ilmiy maktab yaratgan. U yurtimizda va xorijiy ilmiy maskanlarda fan doktorlari va fan nomzodlari ilmiy darajalariga ega xalqaro miqyosda tan olingan va iste始dodli yosh olimlarning ulkan jamoasini tarbiyalagan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!