馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbek adabiy tanqidchiligi maktabining yetakchi namoyandasi


Nazarov Baxtiyor Aminovich 1945-yil 17-sentyabrida Toshkent shahrida tug始ilgan. 1966-yili Toshkent davlat universitetini (hozirgi O始zbekiston Milliy universiteti) tugatib, mehnat faoliyatini maktab o始qituvchiligidan boshlagan, keyinchalik O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (hozirgi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti) aspiranturasida tahsil olgan. 1972-yilda nomzodlik, 1984-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a始zosi etib saylandi.

Iste始dodli olim o始zining 55 yillik ilmiy pedagogik va tashkilotchilik faoliyati davomida O始zbekiston entsiklopediyasi tahririyati muharriri, Fanlar akademiyasi Til va adabiyoti instituti kichik, katta ilmiy xodimi, ilmiy kotibi, Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo始limi ilmiy kotibi, bosh ilmiy kotib o始rinbosari, Til va adabiyot instituti direktori, bo始lim mudiri, O始zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi, Oliy va o始rta maxsus ta始lim vaziri birinchi o始rinbosari, Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi, umrining oxirigacha O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bosh ilmiy xodimi lavozimlarida samarali mehnat qilib, yurtimizda o始zbek adabiy tanqidchiligining ilmiy asoslarini yaratish sohasidagi chuqur fundamental tadqiqotlarni olib bordi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo始shdi.

Uning XX asr o始zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayonni adabiy tanqidchilik nuqtai nazaridan tahlil va tadqiq etgan ilmiy ishlari bugungi o始zbek adabiyotining badiiy saviyasini baholashda o始ziga xos o始rin tutadi.

U 20 ga yaqin monografiya va risolalari, 200 dan ortiq ilmiy maqolalarida XX asr o始zbek adabiyoti va tanqidchiligining asosiy taraqqiyot tamoyillari tadqiq etilgan. Oliy va o始rta ta始lim tizimi uchun hammualliflikda yaratilgan 10 ga yaqin o始quv qo始llanmalari va darsliklari adabiyotshunoslik sohasidagi bugungi ta始lim tizimining yetakchi namunalari hisoblanadi. 袗yniqsa, uning bevosita rahbarligida 2012-yilda kirill va 2013-yilda lotin yozuvlarida chop etilgan “XX asr o始zbek adabiy tanqidchiligi” darsligi oliy ta始lim tizimi uchun ushbu sohada yaratilgan ilk darslik ekanligi bilan e始tiborga sazovordir.

Jonkuyar ustoz sifatida ko始plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan zahmatkash olimning bevosita rahbarligida 10 ta fan doktori va 25 ga yaqin fan nomzodlarini tayyorlagan.

袗kademik B.Nazarovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U O始zbekiston Respublikasi fan arbobi faxriy unvoniga sazovor bo始lgan edi.

袗toqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Baxtiyor Nazarovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!