Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy hamkorlikni kengaytirish


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo’limi va Belarus davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumning imzolanishi ikki davlat olimlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yaqqol namunasi bo‘ldi.

Memorandum tomonlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish va ikki mamlakat olimlarining O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasida innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish va ommalashtirish maqsadida uzoq muddatli samarali o'zaro hamkorlikni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

  

Xususan, FA Navoiy bo’limi mutaxassislarida Universitetning yangi kompozit materiallarini yaratish, suvda eriydigan xlorsiz o‘g‘it ishlab chiqish, yuqori sifatli beton va g‘o‘zani qayta ishlash kabi ishlanmalari qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, belorusiyalik mehmonni Bo’lim xodimlari tomonidan yaratilgan gips bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarishning innovatsion usuli, kvarts qumini boyitish texnologiyasi va lalmi yerlarda pavlovniya plantatsiyalarini yaratish loyihasiga qiziqish bildirdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!