Taniqli o驶zbek yozuvchisi va jamoat arbobi O驶tkir Hoshimov. Bu yozuvchi haqida gap ketganda ko’z o’ngimizda birinchi navbatda o’sha mashhur “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi” asarlari gavdalanadi. Darhaqiqat, yozuvchi o’zidan katta ijodiy meros qoldirgan.
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始zbek til, adabiyoti va fol褜klori institutida “O始tkir Hoshimov ijodining ma始naviy-ma始rifiy ahamiyati” mavzuidagi respublika ilmiy konferensiya tashkil etildi. Unda taniqli adabiyotshunos olimlar, doktorantlar, oliy ta’lim muassasalari tadqiqotchilari ishtirok etdi.


Konferensiyada O始tkir Hoshimov ijodining turli qirralari, yozuvchi ijodining bugungi o始zbek adabiyotida tutgan o始rni, davr muammolarining yozuvchi ijodida aks etishi, yozuvchining hikoya, qissa va romanlaridagi milliy kolorit, do始stlik, sevgi va sadoqat, xalqlar do始stligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, diniy ma始rifiy, satirik va yumaristik jihatlari, obrazlar tizimi kabi masalalar aks etgan ma’ruzalar tinglandi va o’zaro fikr almashildi.