O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori institutida akademik To始ra Mirzayev tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “O始zbek folklorshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o始tkazildi.
.jpg)
袗njumanda Institut xodimlari, respublikamiz va xorijiy davlatlardan yetakchi folklorshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar ishtirok etdi.
袗njumanga folklorshunoslikdagi yangi qarashlar, To始ra Mirzayevning ilmiy maktabini folklorshunoslik nuqtai nazaridan ilmiy tadqiq etish, olimning folklorshunoslikka qo始shgan ulkan hissasi va yutuqlari haqidagi bir-biridan qiziqarli ma始ruzalar taqdim etildi.
袗njuman yakunida To始ra Mirzayev tavalludining 85 yilligi munosabati bilan O始zR F袗 O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi hamda O始zbekiston davlat san始at va madaniyat instituti hamkorligida nashr etilgan “Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar” va “E始tiqod va soflik ovozi” nomli to始plamlar taqdimoti ham o始tkazildi.

“Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar” to始plamdagi maqolalarda folklorshunos olim To始ra Mirzayev tomonidan bir qator marhum folklorshunoslarning hayoti va ilmiy faoliyati yoritib berilgan. Shuningdek, safdoshlar hamda izdoshlarga bag始ishlangan maqolalar o始rin olgan. Unga folklorshunoslik bilan bog始liq bo始lgan ayrim tilshunoslar, adabiyotshunoslar to始g始risidagi maqolalar ham kiritilgan. Ularning har biri portret-maqola xarakteriga ega bo始lib, yaxlit olganda, o始zbek folklorshunosligining fanning yangi sohasi sifatida shakllanishi va uning XX1 asrdagi taraqqiyoti to始g始risida muayyan bir tasavvur bera oladi.
“E始tiqod va soflik ovozi” nomli to始plamda akademik To始ra Mirzayev xotirasiga bag始ishlangan maqolalar, ilmiy maqolalar, she始rlar hamda olimning “Bibliografik ko始rsatkichi” joy olgan. To始plamga respublikamizdagi ijod ahlidan tashqari, To始ra Mirzayevni yaqindan bilgan Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog始iston, Qirg始iziston olimlarining ham maqolalari kiritilgan.