Tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti "Kolloid kimyo va Sanoat ekologiyasi" laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan.
Qizilmiya ildizpoyasi chiqindisidan foydalanib tayyorlanadi.
Asosiy natijalar:
Faollantirilgan ko‘mirning filtrlash tizimlarida uzoq muddat xizmat qilishi va uni turli muhitlar (kislotalar, ishqorlar va organik erituvchilar)da samarali ishlatish imkoni yaratildi.
Kolloid xususiyati: Tozalanishi kerak bo’lgan mahsulotlarning tarkibidan organik va anorganik tabiatli zararli maddalarni qanchalik samarali tozalashi aniqlangan.
Fizikaviy xususiyati: Biomateriallar asosida mustahkam ko‘mir nanokompozitlar sintez qilingan.
Amaliy qo'llanilishi: Olingan ko’mir adsorbent sifatida qo’llaniladi. Undan foydalanib, turli xil sanoat chiqindi suvlarini ular tarkibidagi atrof-muhit uchun zararli bo’lgan moddalardan tozalash mumkin.