Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Orolboʻyi hududlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish


Orol fojiasi nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, balki butun Respublika tabiatiga taʼsir etib, qishloq xoʻjaligi ishlab-chiqarishiga va chorvachilik hayvonlarining yem-xashak bazasini tashkil etishga salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Bu tuproq shoʻrlanishiga, hosildorlikning pasayishiga va yaylov biologik xilma-xilligining buzilishiga olib keladi.

Oʻzbekiston RespublikasiPrezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkmanboshi shahrida “Orolni qutqarish” xalqaro jamgʻarmasi tashkilotchilari kengashi rahbarlari yigʻilishidagi maʼruzasida Orol dengizining qurib qolgan qismini choʻl oʻsimliklari bilan boyitish, shu bilan birgalikda choʻl ozuqa ekinlari boʻyicha regional markaz tashkil etish hamda ozuqaga boy yaylovlar tashkil qilish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini ish bilan bandligini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Shuni qayd etish kerakki, bu yoʻnalishda OʻzR FA Qishloq xoʻjaligi ilmiy markazining Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi instituti tomonidan qator ishlar amalga oshirilgan boʻlib, 15 ta yuqori sifatli hosildorligi va ozuqa toʻyimligi choʻl sharoitiga mos oʻsimliklar navlari tashkil etilgan.

Joriy yil boshida Orol hududini koʻkalamzorlashtirish, yaʼni Orolboʻyi hududlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida u yerning tuproq iqlim sharoitiga moslashadigan choʻgʻon, olabuta, kabi choʻl-ozuqabop oʻsimliklar urugʻlari Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi instituti tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida yaylov barpo etish uchun, jami 500 kg choʻl ozuqabop oʻsimliklari urugʻlari yuborildi. Shundan 120 kg chogon oʻsimligi urugʻlari va 380 kg olabuta oʻsimligi urugʻlari, Choʻl ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi markazi uchun jami 4438 kg choʻl ozuqabop oʻsimliklar urugʻlari - 1300 kg olabuta va 3138 kg choʻgʻon oʻsimligi urugʻlari yetkazib berildi

Choʻgʻon (Halothamnus subaphylla Botsch) – shoʻradoshlar oilasiga mansub boʻlib, koʻp yillik chala buta hisoblanadi. Choʻgʻonning“Jayxun” navining boʻyi 150-170 sm. Barglari boʻgʻin-boʻgʻin, tez sinuvchan, moʻrt, oqish rangda, gullari boshoqsimon, uzun toʻpgul, novdalari yashil, urugʻlari jigarrang qonatchalar bilan oʻralgan. Quruq xashak hosili 15 s/ga. Urugʻ hosili 3 s/ga. 100 kg pichanida 42 ozuqa birligi bor. Quruq xashagida 20 % protein, 2,5 % yogʻ mavjud. Vegetatsiya davri 240 kun. Choʻgʻonning “Jayxun” navi oʻta qurgʻoqchilikka, shoʻrlanishga chidamli. Bu nav tuproq tanlamay qumda, gipsli choʻlda va adirlarda ham oʻsishga moslashgan.

Koʻp yillik Olabuta (Atriplex undulate) - shoʻradoshlar oilasiga mansub, yarim butadir. Olabutaning “Yagona” navining boʻyi 100-120 sm. Vegetatsiya davri 250-280 kun. Chorva hayvonlari tomonidan yil davomida yaxshi yeyiladi. Quruq xashak hosili 12-15 s/ga. Urugʻi hosili 2,5-3,5 s/ga. Olabutaning “Yagona” navi yaylovlarning shoʻrlangan maydonlariga ekish uchun tavsiya qilinadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!