O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog始iston bo始limida "Orol dengizi va orolbo始yining geoekologik muammolari va ularning innovatsion yechimi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda O始zR F袗 Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, O始zR F袗 Seysmologiya instituti, O始zbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutlari yetakchi olimlari, tadqiqotchilari ishtirok etdi.


Seminarning asosiy maqsadi O始zR F袗 Seysmologiya instituti va O始zR F袗 Qoraqalpog始iston bo始limi, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti olimlari hamda professorlari, magistrantlari bilan ilmiy hamkorlik, ilmiy tajriba almashish, kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarni o始zaro kelishib olishdan iboratdir.
Ilmiy seminarda Orol dengizi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini GIS texnologiyalari asosida kartografik modellashtirish, Orolbo‘yi mintaqasi tabiiy komplekslarni zamonaviy G袗T texnologiyalari asosida tizimli kartalashtirish, Qashqadaryo viloyatida tabiatdan noto始g始ri foydalanish oqibatlari va uni yaxshilashning ekologik-geografik asoslari, 袗mudaryoning quyi oqimi suv-botqoq qushlarining ekologiyasi, Orolbo‘yi mintaqalaridagi tuz bo始roni aerozollarini ekologik baholash, Qoraqalpog始iston Respublikasida qishloq xo始jaligi rivojlanishining o始ziga xos xususiyatlari mavzularida ma始ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.