馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda 1 mln gektarga yaqin maydonda o始rmon barpo etildi


Hozirgi kunda Orol dengizining qurib ketishi tufayli jami 5 mln gektar maydon, shundan taxminan 2,5-2,7 mln gektar maydon O始zbekiston Respublikasi hududida, 2,5-3,0 mln gektar Qozog始iston Respublikasi hududida tuzli-qum sahrosi hosil bo始lgan. Har yili Orol dengizining qurigan tubidan havoga 90-100 million tonnadan ortiq tuz, chang va qum ko始tarilib atrof tabiiy muhitga jiddiy zarar yetkazishi kuzatilmoqda.

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya o始rmonzorlari barpo etish, ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida O始zbekiston Respublikasi O始rmon xo始jaligi davlat qo始mitasi tomonidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. O始rmonchilar tomonidan 1985-yillardan boshlab har yili 14-20 ming gektarda o始rmon melioratsiya ishlari olib borilib, 2017-yilgacha qariyib 600 ming gektarga yaqin saksovulzorlar barpo etilgan bo始lsa, 2018-yildan boshlab esa mutloqo yangicha bosqichga ko始tarilib, misli ko始rilmagan ishlar amalga oshirilgan.

O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya o始rmonzorlari barpo etishning qo始llab-quvvatlanishi va O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya o始rmonzorlari barpo etish bo始yicha chora-tadbirlar to始g始risida”gi qarori ijrosini ta始minlash maqsadida O始zbekiston Respublikasi O始rmon xo始jaligi davlat qo始mitasi tomonidan 1 mln gektar maydonda tuproqning strukturasiga asoslanib saksovul, yulg始un, qandim, qoraburoq va boshqa cho始l o始simliklarining ko始chatlari va urug始lari ekildi.

 

Joriy yil iyun oyida Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda 2019-yil qish va 2020-yil bahor mavsumida mobaynida 1 mln gektar maydonda ekilgan o始rmonda O始zbekiston Respublikasi O始rmon xo始jaligi davlat qo始mitasi boshchiligida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Kadastr qo始mitasi, O始simliklar himoyasi instituti hamkorligida 45 kishidan tashkil topgan 12 ta guruh ishtirokida monitoring o始tkazildi.

Monitoring natijalari asosida Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda olib borilgan amaliy ishlarning ijobiy va salbiy ko始rsatkichlari tahlil qilinib kelgusi mavsumda bajariladigan vazifalar belgilab olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!