Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Orol dengizi muammolari: Xitoy bilan ilmiy hamkorlik


2019-yil mart oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, akademik N.K.Aimbetov, O‘zR FA Botanika instituti direktori, akademik K.Sh.Tojiboyev hamda Botanika instituti laboratoriya mudiri, professor X.F.Shomurodovlar ishtirokidagi delegatsiya Xitoy Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya institutida (Urumchi) ilmiy safarda bo‘lishdi.

Safar 2019-2021-yillarda qurigan Orol dengizini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot loyihalarini muhokama qilish va O‘zR FA Botanika institutidagi Milliy gerbariyni raqamlashtirish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalalariga bag‘ishlandi.

Xitoy Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti Xitoy Fanlar akademiyasining Szinzyan filialining yetakchilaridan biri bo'lib, Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchil mintaqalarda tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan. Ushbu Institut O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan, xususan, Botanika instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, tashrif asnosida Shimoliy Xitoy va Markaziy Osiyo sho'rlangan yerlarni rivojlantirish va qumlarni aniqlash maqsadida qurg'oqchil mintaqalarda tadqiqotlar olib borish, shuningdek, qurigan Orol dengizi qayta tiklash bo‘yicha yangi qo'shma loyihalar, O'zbekistonning qurg‘oqchil hududlariga qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!