Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Organik mineral o’g’itlar olishning yangi texnologiyasini yaratgan olim Shafoat Namozov 80 yoshda


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimi, akademik Shafoat Namozov boshchiligida Markaziy Qizilqum nokonditsion fosforitlari, chorvachilik va parrandachilik chiqindilari asosida tuproq unumdorligini oshirishda va o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organik mineral o‘g‘itlar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgani ko’pchilikka ma’lum.

 O’zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida joriy yilning 13-14 dekabr kunlari “Oddiy,murakkab va organik o’g’itlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.

 

    Anjumanning kirish qismida   olimning bosib o’tgan hayot yo’li, ilmga qo’shgan hissasi hamkasblari, shogirdlari tomonidan e’tirof e’tildi. “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” Shafoat Namozov bugun ham ko’plab yoshlarning ustozidir.

 

 

 

Shafoat Sattarovich Namazov (10.12.1942 - hozirgi kungacha) - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti fosforli oʻgʻitlar laboratoriyasi mudiri, professor, akademik, texnika fanlari doktori.

Hayoti va mehnat faoliyati

Shafoat Sattarovich Namazov 1942 -yili 10 - dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Sho'rchi qishlog'ida jamoa xo'jaligi ishchisi oilasida tavallud topgan. 19 yoshida Toshkent politexnika institutiga o'qishga kirib, 1967 -yilda tamomlab, oliy ma'lumotli bo'lgan. Institutni bitiriboq, Samarqand superfosfat korxonasida smena boshligʻi lavozimida bir yil davomida ishlagan.

1968 - 1971-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti aspiranti.

1971-1973-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi.

1973-1982-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti laboratoriyasi mudiri.

1982-1986-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti katta ilmiy xodimi.

1986-1990-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti katta ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriyasi mudiri.

1990-1992-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi instituti  laboratoriyasi mudiri.

1992-1998-yillari  Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻgʻitlar instituti laboratoriyasi mudiri.

1998-1999-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori ilmiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari

2000-2002-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori innovatsiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari

2003-yil - h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriyasi mudiri.

Shafoat Namazovning uch o'g'il va bir qiz farzandlari bor.

Shafoat Namazov fosforli o'g'itlar sohasida bir qator patentlarga ega.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!