Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼquvchilarni Xalqaro olimpiadalarga tayyorlagan oʼqituvchilarga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʼkrak nishoni topshirildi


Xalqaro fan olimpiadalariga oʼquvchilarni tayyorlashda faol ishtirok etgan 6 nafar oʼqituvchiga Xalq taʼlimi vazirligi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʼkrak nishonini topshirdi. Taqdirlanganlar qatorida Fanlar akdaemiyasi Matematika instituti katta ilmiy xodimi Rustam Turdibayev ham bor.

Rustam Turdibayevni ushbu mukofot bilan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatiga zafarlar tilaymiz. Muvaffaqiyatlar bardavom boʼlsin!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!